⚡️Videoselektorda “Hamma narsa inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilishi muhimligiga eʼtibor qaratildi. Jumladan, hech bir murojaat eʼtibordan chetda qolmasligi, har bir masala yechimiga qatʼiy kirishish zarurligi taʼkidlandi.
Aytish lozim, joriy yilning shu kuniga qadar fuqarolardan 579 ta murojaat kelib tushib, shundan 550 tasining ijrosi taʼminlangan. 29 ta murojaat ish jarayonida. Eng asosiysi takror murojaatlar boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun masʼullar bor bilim va salohiyatini ishga solishi kerakligi boʻyicha vazifalar belgilab berildi.