• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qoraqalpog‘istonda qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar o‘rganilmoqda

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Qoraqalpog‘istonda qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘p qavatli uy-joylar o‘rganilmoqda
Iyun 9, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

Shu kunlarda bir guruh mutasaddi rahbarlar xususan, Qurilish vaziri o‘rinbosari Shuhratxo‘ja Hoshimov Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib turibdi.

Ular Qo‘ng‘irot tumanidagi ko‘p kvartirali uylarning holatini ko‘zdan kechirishdi.

“Ozodlik” MFY hududida joylashgan, hozirda avariya holatida bo‘lgan ikki qavatli uylar o‘rniga tez orada yangi va zamonaviylari qurilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgani haqida aholiga ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, “Temir yo‘l” hududida qurilishi rejalashtirilayotgan yangi ko‘p qavatli uylarning loyihasi va joylashuv o‘rni bilan tanishildi.

Mutasaddilar shu yerning o‘zida qurilish tashkilotlari vakillari bilan suhbatlashib, ushbu uylarning loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishi, qurilish jarayonini mukammal olib borilishi, uylardagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining puxta o‘rnatilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdilar.