• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

“Qumbosgan” ovul fuqarolar yig‘inida "Navro‘z" oilaviy shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > “Qumbosgan” ovul fuqarolar yig‘inida “Navro‘z” oilaviy shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi
Apr 27, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

✅Ushbu obyekt tuman markazidan 60 km olisdagi aholi uchun katta yangilik bo‘ldi. Endi bu hududdagi aholi salomatligida muammo bo‘lsa, punktda doimiy ishlovchi shifokor va hamshiralarga murojaat qilish imkoni yaratildi. Ma’lumot uchun aytadigan bo‘lsak, jami 16 nafar tibbiyot xodimidan iborat jamoada endilikda oilaviy shifokor, tibbiy brigada hamshiralari, doya hamshira, emlash xonasi hamshirasi, muolaja xonasi hamshirasi, katta hamshira, laborant hamshira, IT operatori hamshiralari va texnik xodimlar ish boshladilar. Tadbir davomida ishtirokchilar aholi salomatligini mustahkamlash xonalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.