• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilayotgan uylarning sifatsiz ekanligi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Videolavhalar > Qurilayotgan uylarning sifatsiz ekanligi
Dekabr 28, 2020 Posted by: tested Videolavhalar Yangiliklar

Joriy yilning 7 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Qorasuv massivida “Agromir” kompaniyasi tomonidan qurilayotgan uylarning sifatsiz ekanligi, ayniqsa xonalarga qo‘yilgan eshiklarning ahvoli achinarli holdaligi aks etgan video tarqaldi.

Samarqand viloyat Qurilish Bosh boshqarmasi ishchi guruhi videoda qayd etilgan holatni borib o‘rgandi.

O‘rganishlar jarayonida ma’lum bo‘lishicha, videoda aytilgan manzil “Agromir bilding” kopmaniyasi tomonidan qurilgan 84-uy 60-xonadon bo‘lib, bu yerda joriy yilning 22 martidan boshlab Zufar Badriddinov yashab kelmoqda.

“Agromir” kompaniyasining taftish guruhi rahbari Jasur Sharipovning ta’kidlashicha, Zufar Badriddinov yashab kelayotgan uyning xonalariga qo‘yilgan sifatsiz eshiklar joriy yilning 4 noyabr kunida to‘liq yangisiga almashtirilib, barcha kamchiliklar bartaraf etilgan.