• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

QURILISH BO‘LIMLARI UCHUN YANGI BINOLAR

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > QURILISH BO‘LIMLARI UCHUN YANGI BINOLAR
Dekabr 30, 2020 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Namanganda ham qurilish-bunyodkorlik ishlari ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Bunda viloyat Qurilish bosh boshqarmasi tizimidagi tashkilotlar ham munosib hissa qo‘shmoqda. Ayni paytda ularning moddiy-texnik negizini mustahkamlashga katta e’tibor berilayapti. Xususan, Jo‘masho‘yda Mingbuloq tuman qurilish bo‘limi yangi binosi foydalanishga topshirildi. Ushbu bino yaqin paytgacha tashlandiq holatda yotgan. Uch oy ichida 100 million so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga mukammal ta’mirlash ishlari bajarilgan. Hozirda barcha sharoitlar ta’minlangan.

Shu kunlarda To‘raqo‘rg‘on tuman qurilish bo‘limining yangi binosi ham qad ko‘tarmoqda. Tez orada Namangan tumani qurilish bo‘limi ham o‘z binosiga ega bo‘ladi. “Katta Toshbuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ajratilgan yer maydonida bunyodkorlik ishlari boshlandi.

 

Namangan viloyat Qurilish bosh boshqarmasi Matbuot xizmati