“Qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (40-son, 28.01.2021 y.) qabul qilindi.
📋Qarorga ko‘ra, qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
❕Unga muvofiq, barcha turdagi qurilish chiqindilari takroriy foydalanishga, utilizatsiya qilishga, qayta ishlashga yo‘naltirilishi shart.
✅ Qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish xarajatlari loyiha-smeta hujjatlarida majburiy tartibda nazarda tutiladi hamda qurilish ishlari qiymatiga qo‘shiladi.
🔰 Qurilish chiqindilarini vaqtincha saqlash ularning xavflilik sinfiga ko‘ra:
➖ xavfsiz qurilishi chiqindilarini vaqtincha saqlash joylarining ochiq maydonchalarida;
➖ xavfli qurilish chiqindilari majburiy tartibda konteynerlar, chiqindi qutiladi va chiqindilarning fuqarolar sog‘lig‘i hamda atrof-muhitga zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlovchi boshqa idishlarda amalga oshiriladi.
Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.