• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilish klasterlarini joriy etish maqsadida ispaniyalik mutaxassislar bilan videokonferensaloqa tarzida seminar tashkil etildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Qurilish klasterlarini joriy etish maqsadida ispaniyalik mutaxassislar bilan videokonferensaloqa tarzida seminar tashkil etildi
Noyabr 18, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

⚡️ Qurilish vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6119-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash ya’ni Qurilish klasterlarini joriy etish maqsadida ispaniyalik mutaxassislar bilan vazir o‘rinbosari Nasrullo Babayev boshchiligida videokonferensaloqa tarzida seminar tashkil etildi. Unda vazirlik Markaziy apparati, tizimdagi tashkilotlar hamda qurilish kompaniyalaridan vakillar ishtirok etdi. Ispaniyalik mutaxassislar Ispaniyada qurilish klasterlarining faoliyati, uning tashkiliy tuzilmasi, ish uslublari va jarayonlari xususida ma’lumotlar berdi. Shuningdek, yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javob olishdi.

Seminar yakunida qurilish klasterlarini tashkil etishda Ispaniya bilan hamkorlikda ish olib borish masalalari ham ko‘rib chiqildi.