QURILISH LOYIHALARINING EKSPЕRTIZASINI O‘TKAZISH FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH HUQUQIGA GUVOHNOMA OLISH
Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar:
- mulk huquqi bilan ekspertizadan o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bino-inshoot hamda asbob-uskunalar va inventarlarning talabgorga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
- mutaxassislar diplomlari nusxalari.
Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda YAIDXP deb ataladi) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi litsenziya talabgori nomidan, YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa litsenziya talabgori mustaqil ravishda davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
XIZMAT KO‘RSATISH MUDDATI:
Akkreditatsiyalovchi organ so‘rovnoma tushganidan so‘ng 7 ish kuni mobaynida so‘rovnomada qayd etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligini tekshiradi
XIZMAT NARXI: 20 BXM
Me’yoriy hujjatga havola: https://lex.uz/docs/4325671#4327048