• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilish obyekti nazoratga olingan

Apr 15, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

Toshkent viloyati hokimligi, “ToshkentboshplanLITI” DUK, “Qishloqqurilishloyiha” MCHJ bosh loyiha-qidiruv instituti va boshqa tegishli mutasaddi idoralar tomonidan Zangiota tumani, Eshonguzar qo‘rg‘oni markaziy qismining Bosh reja loyihasi tasdiqlangan.

Mazkur Bosh reja asosida Zangiota tumani hokimining Zangiota tumani Eshonguzar qo‘rg‘oni Bosh rejasiga asosan “Zamonaviy ko‘p qavatli turar joylar, savdo komplekslari va boshqa bino inshootlar”ni qurish uchun xorijiy sarmoyador shaklidagi “Expected Homes” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga yer maydoni tanlash va ajratish to‘g‘risida” 2019-yil 10-iyundagi 3699-son qarori qabul qilingan.

Ushbu qaror bilan Zangiota tumani, Eshonguzar qo‘rg‘oni Bosh rejasiga asosan “Expected Homes” QK MCHJga qurilish ishlarini olib borish uchun 5,4 ga yer maydoni ajratilgan bo‘lib, qarorning 3-bandiga ko‘ra, ushbu hududda buzilishga tushgan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar turi va miqdorini qoplash hamda ko‘chirish ishlari “Expected Homes” QK MCHJ tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Bugungi kunda, “Expected Homes” QK MCHJ tomonidan qaror talablari asosida hududdagi 90 foizdan ortiq turar va noturar joy egalariga belgilangan kompensatsiya mablag‘lari to‘lab berilgani ma’lum bo‘ldi.

Biroq hududdagi Zangiota tumani, Eshonguzar MFY, Markaz shoh (H.No‘g‘mon) ko‘chasi, 1-a-uyning mulkdori fuqaro Hamroxonov Nuriddin Qutbitdinovich o‘ziga tegishli 0,0869 gektar yer maydoni va undagi bino inshootlar uchun taklif qilingan kompensatsiya turlarini olishdan bosh tortib kelayotganligi uchun masalani hal qilish maqsadida tuman hokimligi tomonidan sudga belgilangan tartibda da’vo arizalari kiritilgani va ushbu da’vo ishi bo‘yicha sud ajrimi chiqarilib, ajrim majburiy ijroga qaratilgani tuman hokimligi va investor tomonidan aytib o‘tildi.

Hamroxonov Nuriddin Qutbitdinovich tomonidan 2021-yil aprel oyida OAVga qilgan murojaati bo‘yicha quyidagilar aniqlandi:

Expected Homes” QK MCHJ tomonidan tasdiqlangan loyiha asosida 2019-yildan buyon savdo kompleksi qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan hududda Xitoydan keltirilgan yangi minorali ikkita “SANY” kranlari ishlab turibdi. Ishlayotgan minorali kranlarni hujjatlari mavjudligi, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinayotganligi va kran boshqaruvchilarini guvohnomasi borligi aniqlandi. Bu minorali kranlar shovqinsiz ishlashi ta’kidlanib, mahalliy aholi tinchini buzmasligi ma’lum bo‘ldi. N.Hamroxonov xonadoni ustidan ushbu minorali kranlar yuk ko‘tarib o‘tmasligi bo‘yicha kran boshqaruvchilari va qurilish korxonasi mutasaddilariga tushuntirish ishlari olib borilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.