• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilish obyektlarini ro‘yxatga olishdan foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar raqamlashtiriladi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Qurilish qonunchiligidagi yangiliklar > Qurilish obyektlarini ro‘yxatga olishdan foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar raqamlashtiriladi
Noyabr 21, 2022 Posted by: tested Qurilish qonunchiligidagi yangiliklar Yangiliklar

Qurilish loyihalarini amalga oshirishda nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, jarayonning ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–425-son, 17.11.2022 y.) qabul qilindi

🔰 Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan tegishli davlat dasturlari va loyihalari doirasida obyektlarning bosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida elektron tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanadi.

❗️ Hokim yordamchisi, mahalla faollari va yoshlar yetakchilari, ommaviy axborot vositalari va boshqa jamoat tashkilotlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning holati ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi.

🗓 Har chorakda viloyat, tuman (shahar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qurilish sohasida korrupsiya va qonun buzilishi holatlarining oldini olish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida keng jamoatchilikka axborot berib borilishi ta’minlanadi.

☑️ 2023 yil 1 yanvarga qadar qurilish obyektlarini ro‘yxatga olishdan boshlab, foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar raqamlashtiriladi.

📝 “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida 2023 yil 1 yanvarga qadar Dasturlar va Loyihalarning ro‘yxatlarini yuritish, ularga kiritiladigan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar aks ettiriladi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining mobil ilovasi yaratiladi.