❗️Qurilish-pudrat tashkilotlarining reytingi bilan reyting.mc.uz sayti orqali tanishing.
Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingida ularning salohiyati 71 ta ko‘rsatkichni qamrab olgan 6 ta guruhdan iborat mezonlar bilan o‘lchanadi. Salohiyatni aniqlashda esa tashkilotning malakali mutaxassislari, moliyaviy ko‘rsatkichlari, bajargan ishlarining sifati, ish tajribasi, texnik bazasi, raqobatdoshligi kabi qurilishda yuqori sifatni ta’minlovchi mezonlar muhim ahamiyatga ega.