QURILISH RAQAMLARDA
Hozirda, Sirdaryo tajribasi asosida, bir podyezd, 5 qavatli energiya tejamkor uylarni Respublikamizning aholi zich joylashgan hududlarda qurish uchun 2021 yilda 210 ta MFY hududida 20 000 ta xonadondan iborat 1 000 ta ko‘p qavatli arzon uy-joylar qurilishi uchun yer maydonlari tanlash takliflari ishlab chiqildi.
Uy-joy qurilishi sohasiga zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish va investitsiyalarni faol jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi qarori qabul qilindi.
Hozirgi kunda ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish maqsadida 72 ta quruvchidan shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi. Ushbu shartnomalar asosida qurilish ishlari amalga oshirilishi natijasida 2 464 ta ulushdorning huquqiy munosabatlari tartibga solinadi.