▶️Navoiy shahar hokimining 2015-yil 13-iyuldagi qarori bilan “Jozibali qurilish montaj” MCHJga maʼmuriy bino, yotoqxona va ishlab chiqarish bazasi qurilishi uchun 2,0 gektar yer maydoni ajratib berilgan. Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga asosan 2,0 gektar yer maydonida joylashgan qurilish osti maydonining 168,61 kv.m. qismi qabul qilingan hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Shuningdek, “Navoiy binokor loyiha” MCHJ tomonidan loyiha hujjatlari ishlab chiqilib, Navoiy viloyati qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining xulosasasi asosida 9 qavatli turar-joy binolari loyiha-smeta hujjatlari oʻzaro kelishilgan.
❗️Umuman olganda qurilish sohasida normativ hujjatlar qonuniy asosda takomiliga yetkazilgan. Biroq amalda qurilish tashkiloti oʻz majburiyatlarini notoʻgʻri qoʻllagan. Yaʼni Navoiy viloyati Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi obyektning holatini oʻrganganda, bir qancha nomuvofiqliklar koʻzga tashlandi. Yaʼni 1-blok (1-uy) da (Alisher Navoiy koʻchasi tomondan) qurilish ishlari yertoʻla (sokol qavati) qismiga kirish uchun 54,00 kv.m yer maydoni oʻziga tegishli boʻlmagan hududlardan yaʼni qizil chiziqdan tashqarida qurilayotgani aniqlandi. Shundan kelib chiqqan holda qurilish-montaj ishlarini toʻxtatish va loyihadan chetlashgan holda qurilgan obyektni 10 kun muddatda buzib, yer maydonini asl holatiga qaytarish toʻgʻrisida yozma koʻrsatma berildi.
✅Hurmatli qurilish tashkilotlari vakillari, sizdan qurilish norma va qoidalariga belgilangan tartibda qatʼiy amal qilishingizni soʻrab qolamiz. Zero, bizning maqsadimiz qurilishda sifat va meʼyorlar nazoratini taʼminlashdir!