• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilish sohasi bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash — davr talabi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Qurilish sohasi bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash — davr talabi
Apr 1, 2021 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Joriy yil 1 apreldan boshlab Prezidentning tegishli qaroriga asosan mamlakatimizning 13 ta hududida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda bittadan) “Qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazlari” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ushbu markazlarning 9 tasi Qurilish vazirligi tarkibidagi ta’lim muassasalari huzurida tashkil etildi. Ta’lim maskanlaridagi qisqa muddatli o‘quv kurslarida 14 ta qurilish sohasidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Mazkur Markazlarda zamonaviy multimedia bilan jihozlangan sinf xonalari, eng oxirgi rusumdagi ishlab chiqarish texnikalari o‘rnatilgan o‘quv ustaxonalari va maxsus texnikalarga ega o‘quv poligoni, shuningdek yotoqxona, oshxonalar tahsil oluvchilar ixtiyorida bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu Markazlarda muddatli harbiy xizmatdan va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatini tugatganlar hamda mehnat organlarida ro‘yxatdan o‘tgan ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar mahalliy qurilish tashkilotlarida hamda xorijda ishlash uchun qurilish sohasi bo‘yicha kasb egasi etib tayyorlanadi.

Natijada ushbu fuqarolar xorijiy davlatlarda oddiy ishchi sifatida emas, balki o‘sha mamlakatning davlat tili va mamlakat tarixi, an’analari, urf-odatlari va qonunchiligidan xabardor mutaxassis sifatida o‘z faoliyatini amalga oshiradi.