✅Bosh prokurorning oʻrinbosari E.Yuldashev, Toshkent shahar prokurori U.Qosimov hamda Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi mas’ullari Yunusobod tumanida boʻlib, undagi qurilish sohasida davlat dasturlarining ijro etilishi bilan tanishdi.
▶️Dastlab, “Xasanboy” MFY hududida qurilayotgan yangi umumtaʼlim maktabi, 99-sonli va 53-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishilib, mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.
❗️Shuningdek, ”Olimpiya” muzeyi, 7-sonli shahar shifoxonasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.
?Qurilishga masʼul boʻlgan rahbarlarga har bir obyektda ishlarning sifati va haqqoniyligi ustidan doimiy nazoratni amalga oshirib, sifatsiz ish hamda qoʻshib yozish holatlarini aniqlash, ularni bartaraf etish choralarini koʻrish boʻyicha topshiriqlar berildi.