⚡️Joriy yilning 11-iyun kuni Toshkent viloyatida yagona bo‘lgan Olmaliq arxitektura-qurilish texnikumida “Qurilish sohasida bunyodkorlik ko‘lami va uning istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
✅Unda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.X.Ochilov, Toshkent arxitektura-qurilish instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori A.U.Mirisayev va fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilari, I.Karimov nomidagi Toshkent texnika universiteti Olmaliq filiali professor-o‘qituvchilari, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tasarrufidagi qurilish sohasiga ixtisoslashgan professional ta’lim muassasalari direktorlari, Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i U.Q.To‘xtayev, Toshkent viloyatidagi professional ta’lim muassasalari direktorlari va direktorlarning ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, hududdagi ishlab chiqarish korxonalari vakillari ishtirok etishdi.
❗️Konferensiyada 3 ta sho‘ba faoliyat olib bordi. O‘quvchi-yoshlar “Bunyodkorlik ijodkorlari” nomi ostida ko‘rgazmali ishlari bilan qatnashishdi. Ilmiy-amaliy konferensiyaga taqdim etilgan 43 ta maqola 3 ta sho‘bada mutaxassislar tomonidan tahlil qilindi. Maqolalardagi asosiy maqsad “Zamonaviy binolarni barpo etish texnologiyalari” hamda “Arxitektura sohasi istiqbolida professional ta’limning o‘rni”ga qaratildi.