• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazishning yangi tizimi joriy etiladi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazishning yangi tizimi joriy etiladi
Fev 7, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

-qurilish sohasida davlat xaridlarini o‘tkazishda tanlov hujjatlarining umumiy va texnik qismlarini taqdim etish talab etilmaydi;
-elektron tanlov (tender) savdolarini amalga oshirish uchun tanlov hujjatlari va texnik vazifalar faqat tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlarini va ularning narx parametrlarini baholash qismi bo‘yicha kompleks ekspertizadan o‘tkaziladi;
-tanlov savdolarida joriy yil uchun moliyaviy majburiyatlari hajmi qurilish-pudrat tashkilotlarining so‘nggi uch yillik hisobot davrining bir yilida bajarilgan eng yirik ishlar hajmining 1,5 baravaridan oshgan oferentlar ishtirok etmaydi;
-tanlov natijalari bo‘yicha shartnomada belgilangan narxga nisbatan sifati va hajmiga ta’sir qilmagan holda tejalgan mablag‘lar pudrat tashkiloti tasarrufida qoldiriladi.
“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi hamda tanlovlarni o‘tkazish bo‘yicha maxsus axborot portali operatorlari o‘rtasida elektron axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.
Qaror bilan qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom ham tasdiqlandi.