⚡️Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini takomillastirish chora-tadbirlasri to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan Qurilish sohasida tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomiga binoan tanlov quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
📌 Buyurtmachi tomonidan obyekt bo‘yicha manzilli dastur shakllantiriladi;
📌Buyurtmachi tomonidan tanlov tashkilotchisi tanlanadi;
📌Tanlov tashkilotchisi tomonidan obyekt bo‘yicha e’lon platformaga joylashtiriladi;
📌Takliflar qabul qilinadi — talabgorlardan tushgan takliflar avtomatik tarzda hisobga olinadi;
📌Hisoblash natijalari bo‘yicha elektron bayonnoma tuziladi;
📌So‘nggi bosqichda tanlov g‘olibi bilan buyurtmachi tomonidan pudrat shartnomasi tuziladi.
✅Tanlov maxsus axborot portali (operatorning davlat xaridlari o‘tkazilishini, davlat xaridlari to‘g‘risidagi e’lonlar, davlat xaridlari yakunlari, xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarining takliflari haqidagi axborotning va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa axborotning elektron shaklda joylashtirilishini hamda ko‘rilishini, shuningdek, tanlovlari o‘tkazilishini ta’minlovchi veb-sayti va maxsus elektron platformasi) — https://tender.mc.uz/ da amalga oshiriladi.