Bugun Qurilish vazirligida Qurilish sohasida kasbiy malaka va bilimlar bo‘yicha tarmoq kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yilning I choragida vazirlik tarkibidagi o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan 12 ta qurilish sohasiga oid kasb standartlari Tarmoq kengashi muhokamasidan o‘tkazildi.
Shuningdek, 2021 yilga mo‘ljallangan kasbiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqiladigan 23 ta kasbiy standartlarni Qurilish sohasida kasbiy malaka va bilimlar bo‘yicha tarmoq kengashi a’zolariga taqsimlash masalasi ham ko‘rib chiqildi.