Bo’limning asosiy vazifa va funksiyalari:
— oʻz vakolatlari doirasida litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
— oʻrganish natijasi yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar beradi;
— shaharsozlik hujjatlari bajarilishi boʻyicha mualliflik nazoratining roli va masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari ishlab chiqilishini taʼminlaydi;
— shaharsozlik hujjatlarining ekspertizasini oʻtkazadi;
— qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shaharsozlik faoliyatining ayrim turlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziyalar beradi;
— qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish choralarini koʻradi;
— litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishi toʻgʻrisidagi axborot bilan toʻldirib boriladigan markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasini tashkil etadi;