✍️Bugun Surxondaryo Qurilish bosh boshqarmasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri o‘rinbosari Shukrullo Jahongirov rahbarligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
✔️Unda viloyat Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i, bosh boshqarma apparat xodimlari, tuman va shahar bosh arxitektorlari, Surxondaryo viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari ishtirok etishdi.
?Dastlab, vazir o‘rinbosari so‘zga chiqib, qurilish sohasida erishilgan natijalar bilan birga hal etilishi zarur bo‘lgan muammolar haqida to‘xtalib o‘tdi.
↪️Shundan so‘ng, tuman va shahar bosh arxitektorlari viloyatda qurilish ishlarida loyiha bilan batafsilroq tanishish, bino inshootlari, xavfsizlik tizimlarining ishonchliligini xolisona baholash va eng yaxshi mutaxassislar bilan tajriba almashish bo‘yicha takliflarini berishdi.
❗️Yig‘ilish davomida arxitektura-shaharsozlik normalari va qoidalari hamda bosh reja ishlab chiqish tartibi taqdimot qilinib, batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, viloyatdagi arxitektorlar tomonidan berilgan savollarga javoblar olinib, ijro intizomini ta’minlash yuzasidan taklif-tavsiyalar berildi.