⚡️Bugun Qurilish vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi bilan hamkorlikda “Qurilish sohasini texnik tartibga solish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida seminar oʻtkazildi.
🔴Maʼlumki, qurilish sohasini huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish, muvofiqlikni baholash, davlat nazorati tizimini takomillashtirish, soha raqobatbardoshligini oshirish, sifat va xavfsizlikni taʼminlash, qurilish sanoati korxonalari faoliyatini eksportga yoʻnaltirish bugungi kunning muhim vazifalari boʻlib, uning yechimi ilgʻor mamlakatlarning meʼyorlash-standartlashtirish tizimlari oʻrganilishi hamda maqsadga muvofiq holda tadbiq etilishini taqozo qiladi.
✅Ushbu yoʻnalishda Qurilish vazirligi tizimida ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Seminarda ham Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi deputatlari bilan hamkorlikda sohadagi muammolar muhokama etildi va kelgusidagi rejalar belgilab olindi.