• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilish statistika

Iyul 9, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

🏗 O‘zbekistonda 37,3 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda jami 37,3 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. 2020 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,9 % ni tashkil etdi.

✅ Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1503,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 4,0 % ga teng.

✅ Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 35764,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 96,0 % ga teng.

✅ Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 8611,7 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.

✅ Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 22420,8 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.