• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilish statistika

Avg 4, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

🏗 Oʻzbekistonda 48,6 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi

🏢 Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda jami 48,6 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan. 2020-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 100,1 % ni tashkil etdi.

✅ Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1971,1 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 4,1 % ga teng.

✅ Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 46 638,8 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 95,9 % ga teng.

✅ Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 12 114,5 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

✅ Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 27 545,9 mlrd. soʻmni tashkil qilgan.