🏗 O‘zbekistonda 29,5 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi
🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda jami 29,5 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. 2020 yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,8 % ni tashkil etdi.
✅ Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1268,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 4,3 % ga teng.
✅ Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 28271,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 95,7 % ga teng.
✅ Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 6938,6 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
✅ Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 17736,7 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.