• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilish tashkilotlari rahbarlariga yongʻin xavfsizligini oldini olishdagi huquq va majburiyatlar tushuntirildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Qurilish tashkilotlari rahbarlariga yongʻin xavfsizligini oldini olishdagi huquq va majburiyatlar tushuntirildi
Iyun 17, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Qurlishda avvalo nima muhim? Bunda tabiiyki sifat va xavfsizlik birlamchi omil boʻlishi lozim. Gap sodir boʻlishini mumkin boʻlgan har qanday tabiiy va texnogen tusdagi ofatlar va ularning oldini olish borasidagi ishlar haqida bormoqda. Ana shunday tahlillarga oydinlik kiritish istagida Qurilish vazirligi masʼullari, hududiy nazorat inspeksiyasi mutaxassislari va Favqulodda vaziyatlar vazirligi yongʻin xavfsizligi boshqarmasi vakillari bilan poytaxtdagi ayrim qurilish obyektlarida boʻldik. Dastlab, Mirobod tumanidagi koʻp qavatli turar joy binosining qurilish loyihasi, bunda texnik talablar, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday xatarli holatlarda tezkor evokuatsiya qilish choralari bilan bogʻliq amaliy ishlar koʻzdan kechirildi. Mutaxassislarning fikricha, kun sayin qurilish industriyasining rivojlanib borayotgani, xavfsizlik talablarini kuchaytirishi boʻyicha yangi vazifalarni kun tartibiga qoʻymoqda. Masalan, oddiygina ushbu yongʻinni bartaraf etish qutisining ham oʻziga xos normativlari bor.


Qurilish vazirligi bilan boʻlgan oʻrganish ishlarida shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan asosiy talablarning ijrosi oʻrganildi. Bunda har bir jihat eʼtibordan chetda qolmadi.

Mutaxasislarning bildirishicha, Qurilish vazirligida Shaffof qurilish axborot tizimi joriy qilingan va mamlakatdagi har bir qurilish jarayoni ushbu platforma orqali mutlaqo inson omilining aralashivusiz nazorat qilinadi. Eʼtiborli tomoni mazkur tizimga Qurilish vazirligi, Davlat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, Davlat Soliq qoʻmitasi, Favqullodda vaziyatlar vazirligi kabi koʻplab tashkilotlar integratsiya qilingan.

Shu kuni oʻrganish ishlari nafaqat koʻp qavatli turar joy binolari balki, maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarida ham davom etdi. Qurilish tashkilotlari rahbarlariga yongʻin xavfsizligini oldini olishdagi huquq va majburiyatlar tushuntirildi.