• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilish uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash elektron tender orqali amalga oshiriladi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Qurilish qonunchiligidagi yangiliklar > Qurilish uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash elektron tender orqali amalga oshiriladi
Fev 1, 2022 Posted by: tested Qurilish qonunchiligidagi yangiliklar Qurilish qonunchiligidagi yangiliklar

Hukumat qarori (46-son, 31.01.2022 y.) bilan Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, maqsadli dasturlarga muvofiq moliyalashtiriladigan ob’ektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun pudrat tashkilotlari faqat davlat xaridlari elektron tizimining elektron tender savdolari platformasi orqali aniqlanadi.

Mazkur nizom davlat buyurtmachilarining bir shartnoma bo‘yicha qiymati BHMning 6000 baravaridan ortiq bo‘lgan qurilish sohasidagi elektron tenderlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Mazkur miqdordan kam bo‘lgan qurilish sohasidagi elektron tenderlarga ushbu tartib tavsiyaviy ahamiyatga ega.

Tender predmetining boshlang‘ich narxi (QQS bilan) BHMning 200 000 baravarigacha bo‘lgan elektron tenderlarda faqat o‘sha hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar qatnashadi (Toshkent shahri va Toshkent viloyati yagona hudud deb qabul qilinadi).

Elektron tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugagan sanadan boshlab 2 ish kuni ichida platforma tomonidan tender g‘olibi aniqlanadi va g‘olib tashkilotga aksept yuboriladi.

Aksept g‘olib tashkilot tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab tender tugallangan deb hisoblanadi.

Elektron tender natijalari bo‘yicha g‘olib e’lon qilingan paytdan boshlab 3 kun muddatdan kechikmay pudrat shartnomasi tuziladi.

Tender bo‘yicha shikoyatlar, nizo va kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish uchun ishchi organ etib Qurilish vazirligi belgilanadi.