🖇 Bugungi kunda dunyoda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish miqyosini kengaytirish tobora dolzarb masalaga aylanmoqda. Energiya resurslariga boʻlgan talabning oshayotgani, uglevodorod xomashyosi zaxiralarining kamayib borayotgani yangi muqobil energiya manbalarini topishni va joriy etishni taqozo etmoqda.
✅ Xususan, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni va 2022-yilning 10-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishidagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan Qurilish vazirligi binosiga quyosh elektr stansiyasi oʻrnatildi.
⚡️ Mazkur stansiya 204 ta quyosh panelidan iborat boʻlib, soatiga 110 kVt elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ahamiyatlisi, ehtiyojdan ortgan elektr energiya qismini hududiy elektr tarmoqlariga uzatish imkoniyati ham mavjud.
🌞 Quyosh radiatsiyasi energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantirib beruvchi ushbu stansiya koʻmagida elektr energiyasi isteʼmolining 30 % ga tejalishi kutilmoqda.