• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilish vazirligi delegatsiyasi Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi JICA bilan muzokaralar o‘tkazdi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Qurilish vazirligi delegatsiyasi Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi JICA bilan muzokaralar o‘tkazdi
Iyun 16, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

🔰 2022-yil 14-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi delegatsiyasi Tokioda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi JICA bilan muzokaralar o‘tkazdi.

♻️Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi Osiyo va Markaziy Osiyo departamenti bosh direktori Tayidji Nakazato bilan kechgan uchrashuv davomida O‘zbekistonda qurilish sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, muloqotda, sohada standartlarni va ko‘p qavatli bino qurilishi kodlarini ishlab chiqish, Yaponiyaning qurilish sohasidagi tajribasini mahalliy mutaxassislarga o‘rgatish, qurilish sohasida yapon mutaxassislarini O‘zbekistonga jalb qilishda JICA tarafidan ko‘rsatiladigan hamkorlik bayon qilindi.

🔍 Muzokaralarda bu tashkilot bilan zilzilalarni monitoring qilish, binolarning seysmik bardoshliligini tahlil qilish, xavf va ofatlarning kelib chiqishining oldini olish masalalari ishtirokchilar diqqat markazida bo‘ldi. Shuningdek, mutaxassislar malakasini oshirish hamda shaharsozlik yo‘nalishida Yaponiyaning mutasaddi tashkilotlari mutaxassislarini mamlakatimizga jalb qilish bo’yicha istiqboldagi ishlarga kelishib olindi.

📌Ko‘p qavatli binolarni qurish bilan bog‘liq muhandislik-kommunikatsiya, seysmoizolyatsiya, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha standartlarni ishlab chiqishga doir tashabbuslar ilgari surildi.

‼️O‘zbekistonda arxitektura va qurilish sohasida kadrlarni tayyorlash maqsadida JICA grantlarini jalb qilib, Yaponiyaning qurilish sohasidagi universitetlarida o‘qishlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

✅ Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi delegatsiyasi Tokioda Yaponiya seysmik izolyatsiya jamiyati a’zolari bilan muzokaralar o‘tkazishdi.

📝 Yaponiya seysmik izolyatsiya jamiyati ijrochi direktori Yoshixisa Kitamura bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi qoshidagi Qurilishda texnik me’yorlash markazi bilan imzolangan memorandum asosida hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlari kelishib olindi.

Y.Kitamura o‘zaro hamkorlikda ishlarni amalga oshirishda barcha mutaxassislarni jalb etishini mamnuniyat bilan qayd etdi.