Qurilish vazirligi fuqarolar murojaati bilan ishlashni muhim vazifalardan biri sifatida belgilagan. OAV orqali bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, bu boradagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish choralarini ko‘rayapmiz.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining “Ishonch telefoni”ga 71-210-11-04 (vazirlik raqami)ni tergan holda 5 raqamini bosish orqali ulanadi. “Ishonch telefoni” orqali bo‘lgan murojaatlarga vazirlikning Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i tomonidan javob qaytariladi. Aholimizga yanada qulaylik yaratish maqsadida vazirlikning rasmiy veb-sayti (https://mc.uz/) bosh sahifasida ham “Ishonch telefoni” alohida ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek, barcha hududlarning elektron xaritasi shakllantirilgan bo‘lib, unda hududiy Bosh boshqarmalar bilan bog‘lanish raqamlari ham ko‘rsatilgan. Ya’ni, viloyatlar kesimida bo‘ladigan savollarga elektron xaritada qayd etilgan raqamlar orqali ham javob olish imkoniyati mavjud.
Hozirda vazirlikda qisqa raqamli, ya’ni 4 raqamdan iborat “Ishonch telefoni” faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: joriy yilda vazirlikka jami 2105 ta murojaat kelib tushgan, shulardan shaxsiy va sayyor qabullardagisi 165 tani, yozma murojaatlar 341 tani hamda elektron murojaatlar 1599 tani tashkil etadi. Shulardan 41 ta murojaat “Ishonch telefoni” orqali bo‘lgan va o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilib, hal etilgan.
Qurilish vazirligi matbuot xizmati