Qurilish vazirligi Kasaba uyushmasi tomonidan “Shaxmat bo‘yicha vazirlik birinchiligi” musobaqasi o‘tkazildi. Erkak xodimlar uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning salomatligini mustahkamlash, ishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan musobaqada raqiblar shaxmat sport turi bo‘yicha bellashishdi. Bahslar ko‘tarinki kayfiyat va o‘zaro do‘stlik ruhida bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.