⚡️Qurilish vazirligi mas’ullari va Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari o‘rtasida ochiq muloqot tarzida uchrashuv tashkil etildi.
▶️Unda o‘quvchilarga qurilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohani rivojlantirishning dolzarbligi, ahamiyati hamda vazirlik tomonidan iste’dodli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma‘lumot berildi.
❗️Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar olishdi.