• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilish vazirligi matbuot anjumani

Dekabr 22, 2020 Posted by: tested Videolavhalar Yangiliklar

 

Sherzod Sodiqov, Qurilish vazirligi boshqarma boshlig‘i:

2025 yilning oxiriga kelib, «Biznes yuritish» xalqaro indeksida qurilishga ruxsatnomlar olish yo‘nalishi bo‘yicha 61,7 balldan 78,2 ballga ko‘tarish reja qilib belgilangan.

O‘zbekistonning geologik, tabiiy iqlim, seysmologik va boshqa xususiyatlari inobatga olgan holda, 2025 yilgacha milliy shahasozlik normalarimiz 50 % darajasida halqaro normativlar va standartlarga uyg‘unlashtirishga erishish ham reja asosida belgilangan.

 

Davron Meliyev, Qurilish vazirligi boshqarma boshlig‘i:

…Ko‘p mardikorlarning qo‘li gul, lekin qo‘lida hujjati yo‘q. Shuni tizimlashtirish maqsadida Qurilish vazirligi tasarrufidagi kollej, texnikumlarda mardikorlarning malakasini oshirish, ularga sertifikat bilan ta’minlash uchun 3 oy va undan ko‘p muddatda o‘qitib diplom, sertifikat berish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Bu bilan biz bir vaqtning o‘zida ularni ham ish bilan ta’minlab turib ham malakalashtirib olamiz.

Qurilish-pudrat tashkiloti o‘z xizmatini chetga eksport qilganda ushbu sertifikatning o‘sha mamlakatda o‘tishi mexanizmini ham ko‘rib chiqyapmiz.

Ikki qavatdan yuqori uylarni qurishda loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi — buning natijasida nimalar taqiqlanadi?

Qurilish vazirligi mutasaddilari ishtirokida tashkil etilgan matbuot anjumanida ushbu masalaga izoh berildi:

🏗 2021 yil 1 yanvardan boshlab aholi punktlarining bosh rejalari jamoatchilik muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda tasdiqlanadi.

🔎 2021 yil 1 martdan boshlab, ikki qavatdan yuqori, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan yoki umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni, shu jumladan, yakka tartibdagi uy-joylarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ob’ektning loyiha hujjatlari majburiy ekspertizadan o‘tkazilgan hamda ob’ektning Qurilish vazirligi qoshidagi qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan davlat qurilish nazorati o‘rnatilgan holda amalga oshiriladi.

▪️Buning natijasida nimalar taqiqlanadi?

🚫 Uy quruvchilar — qurilish tashkiloti bilan shartnoma tuzmasdan ikki qavatdan yuqori, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish;

🚫 Bunday turdagi qurilish uchun mo‘ljallanmagan yer uchastkalarida ko‘p qavatli ko‘p kvartirali uylarni qurish;

🚫 Loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazmasdan mavjud bino va inshootlarning, shu jumladan, yakka tartibdagi uy-joylarning qavatlari sonini ko‘paytirish (ustki qavat qurish).

АОКАда бўлиб ўтган матбуот анжуманидан