⚡️Bugun Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi binosida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼullari, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi matbuot xizmati vakillari hamda inspeksiya mutaxassislari ishtirokida seminar bo‘lib oʻtdi.
▶️Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda Agentlikning masʼul xodimi O.Abdug‘aniyev mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, bu borada amaliyotga tatbiq etilayotgan qonun, farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritdi.
✅O‘z navbatida inspeksiya xodimlari ham faoliyatlari davomida yuzaga keladigan turli holatlar va ularning oldini olishda amalga oshirayotgan ishlari haqida fikr bildirdilar. Bunda axborot kommunikatsiya tarmoqlarining o‘rni va ahamiyati, jamoatchilik nazorati borasidagi vazifalar tahlil etildi.