❗️Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining kichik faollar zalida Qurilish vazirligi tasarrufidagi texnikumlar uchun professional ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘quv-uslubiy ta’minoti bo‘yicha Qurilish vazirligi tomonidan o‘quv-seminari tashkil etildi.
✅Seminarni Qurilish vazirligi ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Qo‘ldashev va SamDAQI o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori X.Bo‘riyev ochib berdilar.
🔅Seminar professional ta’lim muassasalarida kasb ta’lim standartlari, o‘quv rejasi, o‘quv jarayonini tashkil etishda raqamlashtirish va uni olib borish, o‘quv fanlari (modullar) dasturlari, malaka amaliyot dasturlarini yaratish, professional ta’limda o‘quv jarayoni va hujjatchilik asoslari bo‘yicha SamDAQI professor-o‘qituvchilari bilan tajriba almashish maqsadida tashkil etildi.
⏩Ayni damda respublikamizning turli mintaqalarida faoliyat olib borayotgan texnikumlarning ma’muriyat vakillari hamda o‘qituvchilari seminarda ishtirok etmoqdalar. Dasturga muvofiq seminar ikki kun 4-5-fevral kunlariga mo‘ljallangan.