🔰 Qurilish vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda xalqaro auditorlik-konsalting kompaniyasi KPMG ekspertlari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
📊 Unda Qurilish vazirligi tizimida xalqaro standartlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashish, komplayens nazorat tizimini bosqichma-bosqich joriy etish loyihasi doirasida KPMG (Italiya) xalqaro auditorlik kompaniyasi ekspertlari tomonidan oʻtkazilgan tahlil natijalari eʼlon qilindi.
🟢 “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi, uning hozirgi holati” mavzusidagi muhokamalarda taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Tomonlarning munosabatlari oʻrganildi.
✔️Yigʻilishda BMT Taraqqiyot dasturi, KPMG (Italiya) xalqaro auditorlik kompaniyasi vakillari hamda Qurilishi vazirligining markaziy apparati boshqarma, boʻlim boshliqlari ishtirok etdi.
📎 Uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida Qurilish vazirligi tizimida olib borilayotgan ishlar haqida soʻz bordi hamda mazkur yoʻnalishda erilishilgan yutuq va kamchiliklar yuzasidan fikrlar tinglandi.
📌 Shuningdek, vazirlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar toʻgʻrisida kelishib olindi.