Qurilish vazirligi va INKAS taʼlim, tadqiqot va taraqqiyot markazining hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi

Qurilish Vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Qurilish vazirligi va INKAS taʼlim, tadqiqot va taraqqiyot markazining hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi
Fev 18, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Xalqaro hamkorlik Yangiliklar

❗️Mamlakatimizda davlat xodimlarining salohiyatini xorijiy standartlar asosida oshirish va tizimdagi loyihalarni boshqarishda integratsiyalash qobiliyatlarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

▶️Kuni kecha Qurilish vazirligiga INKAS taʼlim, tadqiqot va taraqqiyot markazining hududiy direktori D.A.Menshov va xorijiy ekspert janob Nasib Rumiy tashrif buyurdi. INKAS markazining xorijiy litsenziya va tajribaga ega boʻlgan eksperti tomonidan vazirlik xodimlariga loyihalarni boshqarish (PMP), Axborot texnologiyalarini boshqarish (ITsm), Kiberxavfsizlik, ISO standartlari va bugungi kunning dolzarb muammolarini hal etishga qaratilgan boshqa oʻquv kurslar haqida taqdimot va master klasslar oʻtkazildi.

✅Master klass davomida mazkur oʻquv kurslariga qiziqish bildirgan xodimlarga savollari yuzasidan tushuntirishlar berildi va istiqbolda vazirlik xodimlarining malakasini oshirish maqsadida INKAS markazi bilan hamkorlik qilish rejalashtirildi.