⚡️Shu kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi va uning tarkibiy boʻlinmalari mutasaddilari mahallalarda boʻlib, hokim yordamchilarining ish rejalari bilan tanishishmoqda.
Uchrashuvlarda hokim yordamchilariga hududlarning infratuzilmasini yaxshilash, tadbirkorlik qilish istagida boʻlganlarga yer ajratish, qurilish ishlarini tashkil qilishning meʼyorlari uslubiy jihatdan tushuntirilmoqda. Navbatdagi uchrashuvlar Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi “Qirguzar”, Toshkent tumanidagi “Sagʻbon” hamda Nurafshon shahridagi “Maʼrifat” MFY larida boʻlib oʻtdi. Muloqotlarda Qurilish vazirining oʻrinbosari Nasrullo Boboyev hokim yordamchilarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdi.