Joriy yilning 18 fevralida Qurilish vazirligida “Hanshin Engineering & Construction Co., Ltd.” kompaniyasining vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Kompaniya bosh ijrochi direktori janob Choi Mun Kyu boshchiligidagi koreys delegatsiyasi bilan birga yurtimizdagi yetakchi tarmoq loyihalash tashkilotlari rahbarlari “QISHLOQQURILISHLOYIHA” MCHJ, “TOSHUYJOYLITI” AJ va “O‘ZOG‘IRSANOATLOYIHA” AJ rahbarlari ham uchrashuvda ishtirok etishdi.
Unda ilk o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi hududida qurilish sohasida istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi va hududimizda faoliyat yuritayotgan loyihalash tashkilotlarini o‘zgartirish masalalari ham ko‘tarildi. Bundan tashqari koreyalik mutaxassislar loyihalarda investor sifatida o‘zaro ishtirok etish uchun qiziqish bildirishdi. Jumladan, hamkorlik yo‘llarini va amaliy qadamlarga o‘tish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.