Joriy yilning 10 mart kuni Qurilish vazirligida “Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi. Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda Arxitektura va hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan seminarda yuridik fanlari nomzodi, dotsent M.A.Utemuratov ma’ruza qildi. Qurilish vazirligi markaziy apparatidagi boshqarma va bo‘limlar, “Shaharsozlik hujjatlari ekpertizasi” DUK hamda Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlari ishtirokidagi uchrashuv qizg‘in bahs-munozaraga boy tarzda o‘tdi.