• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilish vazirligida professional ta’lim muassasalari rahbarlari bilan muloqot o‘tkazildi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Qurilish vazirligida professional ta’lim muassasalari rahbarlari bilan muloqot o‘tkazildi
Mar 17, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

Ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan 2021 yil 15 mart kuni tarkibdagi professional ta’lim muassasalari rahbarlari va bosh hisobchilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda 16 ta o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasasi direktori va 16 nafar bosh hisobchilar ishtirok etishdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijiy davlatga ketayotgan shaxslarni va band bo‘lmagan aholini o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021 yil 25 yanvardagi PQ-4962-son qarori bo‘yicha ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisoboti, ta’lim muassasalaridagi moliyaviy holati va 2021 yil shtatlar masalasi va qisqa muddatli o‘quv kurslariga tinglovchilarni jalb qilish va o‘qitish holati to‘g‘risida ishlar muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijiy davlatga ketayotgan shaxslarni va band bo‘lmagan aholini o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2021 yil 25 yanvardagi PQ-4962-son qarori bo‘yicha vazirlik tarkibidagi 9 ta ta’lim muasasasida Qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazlari tashkil etilganligi hamda bu ta’lim muassasalarida ishlar yo‘lga qo‘yilganligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, 9 ta qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazlari tashkil etilgan ta’lim muassasalarining rahbarlari ta’lim muassasalarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi. Jumladan, Qurilish vaziri o‘rinbosari E.Iskandarov ta’lim muassasasi rahbarlariga zarur masalalar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi. Shuningdek vazirlikning bo‘limlari va tegishli boshqarma boshliqlari qurilish sohasida qabul qilingan Farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha ta’lim muassasalari rahbarlariga batafsil ma’lumot berib o‘tishdi.