?”UzBuild” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Qurilish vazirligida Qozog‘iston quruvchilar uyushmasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda vazir o‘rinbosari Nasrullo Boboyev delegatsiya a’zolari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Muloqotda istiqboldagi rejalarga alohida e’tibor qaratildi.
✅Uchrashuv davomida o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston muhandis-konsultantlar uyushmasi va Qozog’iston quruvchilar uyushmasi o’rtasida Memorandum imzolandi.