⚡️Qurilish vazirligida Qurilish nazorati inspeksiyasi hamda uning hududiy inspeksiyalari yuridik xizmat xodimlari, maʼmuriy ish hujjatlarini yuritish boʻyicha adminstratorlari va hududiy inspeksiya inspektorlari ishtirokida onlayn oʻquv-seminar oʻtkazildi.
Seminarda Inspeksiya boshligʻining birinchi oʻrinbosari A.Soatov kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib, zarur tushuntirish va topshiriqlar berdi. Inspeksiyaning bosh yuriskonsulti M.Moʻminjonov qabul qilingan qonun hujjatlari toʻgʻrisida ma’lumotlar taqdim etdi.
Ichki ishlar vazirligining huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar makazi katta inspektori U.Saidvaliyev seminar ishtirokchilariga Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyuldagi 431-son qaroriga asosan yagona elektron ish yurituv tizimi orqali huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni elektron shaklda yuritish tartibi boʻyicha fikr bildirdi.
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-688-son Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-iyul kungi “Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi 431-son Qarori talablaridan kelib chiqib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 99-moddasiga muvofiq qurilish jarayonida qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻygan fuqarolarga hamda mansabdor shaxslarga nisbatan yigʻilgan maʼmuriy ish hujjatlarini, maʼmuriy bayonnomalarni rasmiylashtirish va koʻrib chiqish ishlari keng muhokama qilindi.