Qurilish vazirligida yangi turdagi innovatsion, energiya tejamkor qurilish mahsulotlari taqdimoti o‘tkazildi

Qurilish Vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Qurilish vazirligida yangi turdagi innovatsion, energiya tejamkor qurilish mahsulotlari taqdimoti o‘tkazildi
Apr 13, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

Taqdimotda gazobeton, penobeton, polistirolbeton, bazalt asosida issiqlik saqlovchi materiallar, polistirol bilan to‘ldirilgan sendvich-panellarni ishlab chiqaruvchi korxona vakillari o‘z mahsulotlarini namoyish etishdi.

Mahsulotlarni texnik parametrlari, ya’ni fizik zichligi, olovga bardoshligi, issiq va sovuq haroratga chidamliligi, o‘tkazuvchanligi, inson salomatligi uchun xavfsizligi, montaj qilishda qulayligi kabi jihatlariga e’tibor qaratildi.

Taqdimot jarayonida ishlab chiqaruvchilar tomonidan qurilish obyektlarida ularni qo‘llash borasidagi me’yorlar va texnologiyalariga rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyaviy ko‘rsatmalar berildi.