• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilish vazirligiga korrupsiyasiz yo‘l!

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Qurilish vazirligiga korrupsiyasiz yo‘l!
Noyabr 15, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

? “Korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali vositalaridan biri – kadrlarni tanlash va ishga qabul qilishning ochiq tizimini yo‘lga qo‘yishdir”.

? Yurtboshimiz tomonidan ta’kidlangan ushbu tizim boshqa sohalarda bo‘lgani kabi qurilish segmentida ham kadrlarni ishga qabul qilishda muhim dasturi amal bo‘ldi.

♾ Lavozimlarga nomzodlarning intellektual salohiyati, sohaga yangicha yondashuvini inobatga olgan holda, eng munosiblargina saralanmoqda.

?Ayni daqiqalarda Qurilish vazirligi Pudrat bozori va qurilish industriyasini rivojlantirish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi lavozimiga nomzodlar test bosqichida sinovdan o‘tkazilmoqda. Keyingi bosqich esa — soha mas’ul vakillari bilan suhbat.

?Qurilish vazirligi tizimida kadrlarni ishga qabul qilish, lavozimlarga tanlov o‘tkazishda adolat va ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda olib borilayotgan bu kabi izchil ishlar sohani isloh qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.