• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilish vazirligining tashabbusi bilan “OʻzshaharsozlikLITI” DUKda amaliy seminar boʻlib oʻtdi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Qurilish vazirligining tashabbusi bilan “OʻzshaharsozlikLITI” DUKda amaliy seminar boʻlib oʻtdi
Okt 4, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

😀Qurilish sohasida loyiha-qidiruv tashkilotlarini belgilash boʻyicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish, uni amalga oshirish, bu borada shaffoflikni taʼminlash – seminarning asosiy mavzusi boʻldi.

📝Tadbirda Qurilish vazirining oʻrinbosari Shukrullo Jahongirov ishtirok etdi va qurilish sohasida loyiha-qidiruv tashkilotlarini belgilash boʻyicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi, bu boradagi normativlar haqida soʻz yuritdi.

⚡️Yigʻilishda asosan hududiy buyurtmachi xizmatlari direktorlari, hududiy qurilish bosh boshqarma boshliqlari hamda Davlat dasturlari doirasida obyektlarni loyihalashtirishda ishtirok etayotgan salohiyatli loyiha tashkilotlarining vakillari taklif etildi. Ular tomonidan qurilish sohasida loyiha-qidiruv tashkilotlarini belgilash boʻyicha elektron davlat xaridlarini tashkil etish va shaffoflikni taʼminlash yuzasidan ishlab chiqilayotgan Nizom loyihasiga koʻplab takliflar bildirildi.

❕Seminar yakunida ishtirokchilar Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi “TEXNOPARK” MCHJda ham boʻldilar. Bu yerda ular import oʻrnini bosuvchi sanoat mahsulotlari va maishiy texnika ishlab chiqarish jarayonini koʻzdan kechirdilar.