Bugun O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tarkibidagi professional ta’lim muassasalari direktorlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-dekabrdagi “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi, ya’ni malakalarni baholash markazlarini tashkil etish bo‘yicha ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini tashkil qilish va me’yoriy hujjatlarning yuritilishi kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi. Yig‘ilish so‘ngida ko‘zlangan rejalarni o‘z vaqtida hamda samarali amalga oshirishga kelishib olindi.