Bo’limning asosiy vazifa va funksiyalari:
— tanlov savdolari va tuzilgan shartnomalar shartlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar va obʼektlar qurilishi boʻyicha pudratchilar tomonidan bajarilishi monitoringini olib borish;
— shaharsozlik faoliyati sohasida eng yaxshi loyihaning ilmiy-texnik ishlanmalarini hamda hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish va qurish loyihalarini tanlash maqsadida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, manfaatdor tashkilotlar va Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektorlar uyushmasi bilan birgalikda belgilangan tartibda loyihalarni ishlab chiqish uchun tanlovlar oʻtkazish va tanlov komissiyalarini tashkil etish;
— oʻz faoliyatida shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan oʻzaro ijodiy hamkorlikni amalga oshirish;
— fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, manfaatdor tashkilotlar va Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektorlar uyushmasi bilan birgalikda belgilangan tartibda loyihalarni ishlab chiqish uchun tanlovlar oʻtkazish;