❗️“Qozog‘iston arxitektura va qurilish ilmiy tadqiqot va loyihalash instituti” AJ va “ABC-H” MCHJ vakillaridan iborat delegatsiya Qurilish vazirligiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.
Tashrifning ikkinchi kunida vazirlikning Qurilishda texnik me’yorlash markazi va “Qozog‘iston arxitektura va qurilish ilmiy tadqiqot va loyihalash instituti” AJ o’rtasida memorandum imzolandi.
Ushbu memorandum asosida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik ko‘lami quyidagi masalalarni qamrab oladi:
- zilzilaga chidamli qurilishlar bo’yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun ikki davlat olimlari va mutaxassislarini jalb qilgan holda tadqiqot guruhlarini tuzish;
- qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- ilmiy va ilmiy-uslubiy konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, uchrashuvlar va ko‘rgazmalar o‘tkazish;
- zilzilalarga chidamli bino va inshootlarni qurish sohasida tajriba va axborot almashish;
- O‘zbekistonda bino va inshootlarni seysmik izolyatsiya qilish texnologiyalari va seysmik himoya qilishning boshqa usullarini joriy etish va yanada rivojlantirish;
- qurilish narxlari;
- qurilish qoidalari va standartlarini takomillashtirish;
- qurilish sohasida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni va xalqaro standartlarni joriy etish shular jumlasidandir.