• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Qurilishlarda eng ko‘p aniqlanayotgan kamchiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Qurilishlarda eng ko‘p aniqlanayotgan kamchiliklar
Noyabr 18, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

🔔 Noyabr oyi boshidan beri Qurilish vazirligi mutasaddilari hamda OAV xodimlaridan tarkib topgan tezkor guruh respublikaning Navoiy, Buxoro, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi davlat dasturlari asosida qurilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini sifat, muddat va me’yoriy hujjatlarga amal qilinishiga ko‘ra tanqidiy-tahliliy o‘rganishmoqda.

◀️ Har bir o‘rganilayotgan obyektlarning o‘zigagina tegishli bo‘lgan kamchiliklaridan tashqari barcha qurilish tashkilotlari va nazoratni amalga oshiruvchi ichki, mualliflik va texnik nazorat xodimlarining mas’uliyatsizligi ortidan yuzaga kelayotgan, har bir hududda yo‘l qo‘yilayotgan umumiy oqsoqliklar ham ko‘zga tashlanmoqda.

⚠️ Misol uchun:
qurilishlarda ishchi-quruvchilar xavfsizligi to‘liq ta’minlanmayotgani;
– loyihalarda ko‘rsatilgan qat’iy talablar bajarilmay, qurilish ashyolari o‘rnida sifatsiz mahsulotlar ishlatilayotgani;
– qurilish ashyolaridan iqtisod qilinayotgani;
– qurilish hududida maxsus omborlarning yo‘qligi sababli maydonga ochiqda tashlab qo‘yilgan temir armaturalardan zanglagan holda foydalanilayotgani;
– qurilish me’yorlariga amal qilinmasdan, obyektlar sifatiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatilayotgani aniqlanmoqda.

📝 Aniqlanayotgan kamchilik va oqsoqliklar Qurilish vazirligi tomonidan qat’iy nazoratga olingani hamda ularni bartaraf etish ishlari kuzatib borilayotgani ma’lum qilinadi. Tezkor guruhning hududlar bo‘ylab nazorat tadbirlari esa davom etadi.